"Bavariya" yosh futbolchisini ijaraga berishga tayyor
"Bavariya" Matis Telni nemis klublaridan biriga ijaraga berishi mumkin.
CaughtOffside xabariga ko‘ra, klub ham, futbolchining o‘zi ham ijara uning uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkinligiga ishonishadi.
Hujumchiga Germaniyaning bir qator klublari, jumladan, "Augsburg", "Verder" va Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoalari jiddiy qiziqish bildirishgan.
Mart oyida 18 yoshli futbolchi "Bavariya" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirgandi.