«Bavariya» hujumchisiga yana bir da’vogar paydo bo‘ldi
«Bavariya» hujumchisi Matis Tel yanvarda ijaraga berilishi mumkin.
Biroz oldin xabar qilinganidek, «Verder» va Angliyaning «Nottingem Forest» klublari 19 yoshli o‘sib borayotgan yulduz bilan shartnoma imzolashga tayyor. "Bild" xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchini ijaraga olishga «Shtutgart» ham qiziqmoqda. Forvard kam o‘yin amaliyotiga ega, shuning uchun myunxenliklar yanvar oyida keladigan takliflarni o‘rganishga tayyor.
Joriy mavsumda Matis Tel «Bavariya»ning barcha turnirlar doirasidagi yettita o‘yinida qatnashdi va birorta ham gol urmadi.