"Bavariya" futbolchisini ijaraga bermoqchi
"Bavariya" qishda yosh hujumchi Matis Telni ijaraga berishni rejalashtirmoqda.
Futbolchi uchun mavsum hozircha yaxshi o‘tayotgani yo‘q. U barcha rasmiy turnirlarda maydonda bor yo‘g‘i oltita o‘yinda maydonga tushdi, biroq ularda biror marta ham gol ura olmadi.
U yaqinda "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzoladi. Endi shartnoma 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Bundesliganing so‘nggi 8-turi natijalariga ko‘ra, "Bavariya" 20 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.