"PSJ" irqchi so‘zlari uchun muxlisni umrbod diskvalifikasiya qiladi
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi o‘z muxlisini jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Li Kan Inga nisbatan aytgan so‘zlari uchun diskvalifikasiya qildi.
"PSJ" irqchilikning hech qanday ko‘rinishiga toqat qilmaydi. Li Kang In bilan sodir bo‘lgan voqeaga aloqador muxlis fan-klubdan butunlay chiqarib yuborildi", — deyiladi klub ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy bayonotida.
Voqea "PSJ"ning "Marsel"ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot vaqtida sodir bo‘lgan. Muxlis Parij klubi futbolchilari bilan salomlashdi va janubiy koreyalik futbolchi Li Kan In maydonga kirgach: "Oldinga, xitoylik", deb baqirdi.