Rodrining xaridorlari ko‘payib qoldi
Ispaniya terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Rodri Ernandes kelajakda klubini o‘zgartirishi mumkin. “Oltin to‘p” sohibiga Yevropaning uchta giganti qiziqish bildirmoqda.
Cadena Ser jurnalistlari xabariga ko‘ra, himoyachining xizmatlariga "Real", "Barselona" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. "Man Siti" o‘z navbatida yetakchi futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas.
Angliya chempioni 2027 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirishni kutmoqda. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Ernandesning bozor narxi 130 million yevroni tashkil qiladi.