Pedri Xavining qarorlaridan norozi bo‘lgan
Pedri o‘tgan mavsumda Xavining qarorlaridan norozi edi.
Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda 3 ta jarohat olib, jami deyarli 130 kunni o‘tkazib yubordi.
Football Espana Cadena SER nashriga tayanib xabar berishicha, Pedri va "Barselona" bosh murabbiyi o‘rtasidagi munosabatlar futbolchining jamoaga qaytishi majbur bo‘layotganiga ishongani uchun keskinlashgan.
Avvalroq, yarim himoyachi Xavining chetlatilishi va Xansi Flikning tayinlanishidan so‘ng jamoa ancha chidamli bo‘lib qolgani va o‘zini erkin his qilayotganini ham takidlagandi.