Neymar yana sobiq jamoadoshlari bilan birlashishi mumkin
Yevropada "Barselona" va "PSJ"dagi o‘yinlari bilan tanilgan braziliyalik hujumchi Neymar faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin.
O Dia nashri xabariga ko‘ra, hujumchi bilan "Inter Mayami" qiziqmoqda. Bu jamoada u "Barselona"dagi sobiq jamoadoshlari bilan yana birlashishi mumkin.
Florida jamoasining sharafini Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets va Jordi Alba himoya qiladi.
"Inter Mayami" Neymarni kelasi yozda, futbolchining Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan shartnomasi tugashi bilan sotib olishi mumkin.
Qayd etilishicha, braziliyalik futbolchining MLS klubiga o‘tishi uchun maoshi kamayishi kerak bo‘ladi.