Kompani Gvardiolaning merosxo‘riga aylangan
Karl-Xayns Rummenigge "Bavariya"ning DNKsi nima ekanligini tushuntirib berdi.
"Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Lui van Gal davridan beri biz doimo shu DNK bilan o‘ynab kelganmiz: hujumkor, jozibali, dominant muvaffaqiyatli futbol, yuqori pressing.
Kompani ham shunday qiladi, u Pep Gvardioladek eng yaxshi o‘qituvchiga ega bo‘lgan va u ustozining DNKsini meros qilib oldi", - dedi «Bavariya» kuzatuv kengashi a’zosi va ikki karra «Oltin to‘p» sohibi Rummenigge.