Ingliz klubi Ronaldu ustidan hazil qildi
"Midlsbro" matbuot xizmati shu klub a’zosi hisoblangan shotlandiyalik futbolchi Ben Doak va Portugaliya terma jamoasining 39 yoshli sardori Krishtianu Ronalduning suratini chop etdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi suratda 19 yoshli Doak final hushtagi chalinganidan keyin norozi Ronalduning yonida ko‘rsatilgan.
Sarlavhada shunday yozilgan: "Hammasi yaxshimi, do‘stim?" Ronaldu hakamning hushtakni juda erta chalganidan norozi edi.
Eslatib o‘tamiz, Shotlandiya va Portugaliya terma jamoalari bu o‘yinda durang o‘ynagan.