Byelsa - Urugvay terma jamoasidagi inqiroz haqida: "Bu qiyin davr"
Urugvay terma jamoasi navbatdagi jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda, Marselo Byelsa shogirdlari Peru terma jamoasiga yutqazib, Ekvador termasi bilan zo‘rg‘a durang o‘ynadi - 0:0. Jamoa bosh murabbiyi tanqidga uchradi va u bu haqida o‘z fikrlarini bildirdi:
- Albatta, bu qiyin davr. Aytishim mumkinki, golli vaziyatlardan foydalanishda omadimiz kelmayapti, ammo bu zaif bahona. Tanqidlar adolatli, ammo biz birlashib, Kolumbiya va Braziliyaga qarshi muhim o‘yinlarda natijani ko‘rsatishimiz kerak", - deya Byelsa so‘zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it.
Urugvay terma jamoasi Janubiy Amerika saralash turnirida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.