Xabi Alonso boshchiligidagi "Bayer" ketma-ket 11-o‘yinda g‘alaba qozondi
"Bayer" Bundesliganing 17-turida "Mayns"ni mag‘lub etdi (1:0).
48-daqiqada mezbonlar himoyachisi Aleks Grimaldo hisobni ochdi. Bu gol yagonaligicha qoldi.
Murabbiy Xabi Alonso shogirdlari barcha musobaqalarda qatorasiga 11 o‘yinda g‘alaba qozonishgan.
"Bayer" 38 ochkoga ega va Bundesliga peshqadami "Bavariya"dan bir ochko ortda qolmoqda.