Manba: "Saloh yangi klubi bilan kelishib oldi"
Saudiya Arabistoni sport media federasiyasi a’zosi Abdulhadiyning so‘zlariga ko‘ra, "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh ingliz grandini tark etishga qaror qildi.
Manbaga ko‘ra, Saloh erkin agent sifatida Saudiya Arabistoni chempionati klublaridan biriga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ispan manbalariga tayangan postida Abdulhadiy shunday yozgan: "Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni ligasida o‘ynash uchun shartnoma imzoladi, ammo u klub nomini hali bilmaydi", – dedi Abdulhadiy.