Yevropa jamoalariga rossiyalik gandbolchilar bilan o‘yinlar o‘tkazish taqiqlandi
Rossiya ayollar terma jamoasi Yevropaning bir qator jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.
Biroq qolgan jamoalar Yevropa va xalqaro federasiyalarning taqiqi sabab kelishuvni so‘nggi daqiqada rad etishdi.
Yevropa jamoalarining rad javobi tufayli rossiyalik gandbolchilar endi Belarus va Xitoy jamoalariga qarshi o‘yinlarni rejalashtirgan.