"Anderlext" malilik vingerni o‘z safiga qo‘shib oladi
Malilik iste’dodli vinger Ibrohim Kanate "AFE" klubidan Belgiyaning "Anderlext" jamoasiga o‘tishga yaqin. Kelishuv deyarli tugatilgan va barcha shartnoma shartlari tayyor.
2006 yilda tug‘ilgan vinger El Bilal Ture, Amadu Kone va Yaya Fofana bilan bir akademiyadan chiqqan.
U 2023 yili 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 1 ta assistni qayd etgan.