Lamin Yamal muxlis bilan suratga tushganda «Real» emblemasini yopdi (video)
«Barselona»ning qanot hujumchisi Lamin Yamal Ispaniyaga qaytgach, aeroportda «Real» futbolkasini kiygan bolaning birgalikda suratga tushish iltimosini qabul qildi. Ammo u suratga tushish paytida qo‘li bilan «Qirollik klubi» emblemasini yopib qo‘ydi.
12 yanvar kuni Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda «Barselona» «Real»ga qarshi to‘qnash keldi. O‘yin kataloniyaliklar foydasiga 5:2 hisobi bilan yakunlandi. Ushbu o‘yinda Yamal 22-daqiqada «qaymoqranglilar» darvozasini ishg‘ol qildi.
Joriy mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda ishtirok etdi, ularda u 8 ta gol va 12 ta assistentlikni amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati €180 mlnni tashkil etadi.