"Lion" xo‘jayini o‘z o‘yinchilarini "PSJ"ga sotmoqchi emas
"Lion" xo‘jayini Jon Tekstor o‘yinchilarni "PSJ"ga sotishga tayyor emasligini aytdi.
“Bugungi kunda bu mumkin emas. Men yuqori darajadagi futbolchilarni Nosirga [Al-Xelayfiyga] sotishni xohlamayman.
Shubhasiz, mening Nosir bilan munosabatlarim avvalgidek emas. Endi men unga hech kimni sotmayman.
Klubga kelganimda bizda uch nafar yosh futbolchi ketishni hohlagan edi. Men ular bilan gaplashdim, ular xushmuomala bo‘lishdi.
Menga jamoamizda o‘ynashni va chempionatda raqobatbardosh bo‘lishni xohlaydigan futbolchilar kerak.
Agar akademiyamizdagi yoshlar "PSJ"da o‘ynashni istasa, ketishsin! Men chempionlik uchun kuchli jamoa tuzmoqchiman.
Shu boisdan ishonchim komilki, eng yaxshi o‘yinchilarni "PSJ"ga sotish bizning modelimiz emas", - dedi Tekstor.