"Arsenal" sardori: "Biz yetarlicha yaxshi o‘ynamadik"
"Arsenal" sardori Martin Edegor Angliya kubogining 3-bosqichida jamoasining "Manchester Yunayted"ga yutqazgani haqida gapirdi.
"Bu natija haqiqatdan ham bizni xafa qildi. Biz bu o‘yinda to‘liq ustunlik qildik, raqiblar darvozasi oldida vaziyatlar yaratdik, shuning uchun bu natijaga chidash qiyin. Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonish uchun yetarlicha harakat qildik.
Men penaltidan gol urishim kerak edi, bu mening ham aybim. O‘ylashimcha, bu hal qiluvchi daqiqa edi, shuning uchun hammasini qabul qilish qiyin. Hamma narsaga qaramay, biz birga bo‘lishimiz kerak", - dedi Edegor.