Markus Reshford joriy mavsumda «Manchester Yunayted» safida maydonga tushadimi? Ruben Amorim javob berdi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim hujumchi Markus Reshfordning qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Reshford yana «Yunayted» uchun o‘ynaydimi, degan savolga Amorim shunday javob berdi:
«Markus Reshford yana «Yunayted» uchun o‘ynaydimi? Bilmayman. Ko‘ramiz. U «Manchester Yunayted» o‘yinchisi. U bu klubni yaxshi ko‘radi, ammo men qaror qabul qilishim kerak. Hozirgi vaziyat shunday», — dedi murabbiy.
Joriy mavsumda Reshford «MYU» safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Shunga qaramay, klub hujumchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Potensial xaridorlar uchun asosiy muammo futbolchining yuqori maoshi bo‘lmoqda.