«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim hujumchi Markus Reshfordning qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
Reshford yana «Yunayted» uchun o‘ynaydimi, degan savolga Amorim shunday javob berdi:
«Markus Reshford yana «Yunayted» uchun o‘ynaydimi? Bilmayman. Ko‘ramiz. U «Manchester Yunayted» o‘yinchisi. U bu klubni yaxshi ko‘radi, ammo men qaror qabul qilishim kerak. Hozirgi vaziyat shunday», — dedi murabbiy.
Joriy mavsumda Reshford «MYU» safida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Shunga qaramay, klub hujumchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Potensial xaridorlar uchun asosiy muammo futbolchining yuqori maoshi bo‘lmoqda.