"Milan" o‘z hujumchisini sotish ustida ishlamoqda
"Milan" hujumchisi Luka Yovich qishki transfer oynasida sotilishi mumkin.
27 yoshli futbolchi klubning rejalarida yo‘q, shuning uchun "rossonerilar" rahbariyati shu oyda uning bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishdan mamnun bo‘ladi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira. Serb o‘tgan yozda ketishi mumkin edi, ammo nomi oshkor etilmagan xorij klublarining ikkita taklifini rad etdi.
Luka Yovich ushbu mavsumda bor-yo‘g‘i uch marta maydonga tushdi. "Real"ning sobiq futbolchisining "Milan" bilan shartnomasi 6 oydan keyin tugaydi. Transfermarkt portali ekspertlari fikricha, forvardning narxi 4 million yevroni tashkil qiladi.