Kontening rejasiga kirmagan futbolchi qishda "Napoli"dan ketishi mumkin
Himoyachi Leonardo Spinassola endi "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Kontening rejalarida markaziy shaxs emas, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Futbolchi qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.
Spinassola "Napoli"da 2024 yilning iyulidan buyon o‘ynamoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Leonardo joriy mavsumda klub safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.