Jarohatidan forig‘ bo‘lgan Alaba o‘zining holati haqida gapirdi
Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba uzoq vaqtdan beri ilk bor maydonga tushishga tayyorlanmoqda.
Avstriyalik futbolchi jiddiy jarohat tufayli 2023 yilning dekabridan beri maydonga tushmayapti. Yaqinda Ispaniya Superkubogi yarimfinalidan o‘rin olgan "Malyorka"ga qarshi o‘yinda (3:0) 32 yoshli futbolchi safga qaytganidan keyin ilk bor tarkibga kiritildi.
"Kayfiyatim yaxshi. Bugun men jamoa bilan to‘liq to‘rtinchi mashg‘ulotimni o‘tkazdim. Qaytganimdan juda xursandman. Men buni sog‘indim", - dedi Alaba.
"Qaymoqranglilar"ning navbatdagi o‘yini yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi va raqib "Barselona" bo‘ladi.