Vinisius Junior o‘ziga klub sotib olmoqchi
Vinisius Junior futbol klubi egasiga aylanishi mumkin.
«ESPN» «COPE» ma’lumotlarini tasdiqlagan holda, braziliyalik futbolchi Portugaliya ikkinchi divizionida o‘ynaydigan jamoani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar beradi.
"Real Madrid" vingeri "futbolni tugatgandan so‘ng kelajakdagi karyera rejalari uchun biznes manfaatlarini diversifikasiya qilish" haqida o‘ylamoqda.
Olti oy oldin Vinisiusning jamoadoshi Kilian Mbappe ham futbol jamoasining asosiy aksiyadoriga aylangandi. U "Kan" jamoasining 80% aksiyalarini 20 million yevroga sotib olgandi.