Angliya kubogidagi bir uchrashuv boshqa muddatga qoldirildi
«Preston Nort End» va «Charlton» o‘rtasidagi Angliya kubogi 3-bosqich uchrashuvi rejalashtirilganidek 11 yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tmaydi.
Muzlagan maydon tufayli o‘yin bekor qilinishiga to‘g‘ri keldi. Juma kuni baholash o‘tkazildi va maysa futbol o‘ynash uchun yaroqsiz deb topildi.
"Preston Nort End" xodimlari hafta davomida maydonni tayyorlash uchun ko‘p mehnat qilishdi, biroq sovuq harorat salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Yaqin kunlarda mintaqa isib ketmaydi, shuning uchun o‘yin juma kuniga qoldirildi. Uchrashuvning yangi sanasi 14-yanvar, seshanba kuniga bo‘ladi.