Buyuk Britaniyada bo‘ron tufayli futbol o‘yinlari qoldirildi
"Darra" bo‘roni Qirollikka yaqinlashmoqda. Shamol tezligi 90 mil (145 km/soat)ga yetadi.
Premyer-liga doirasidagi "Everton" - "Liverpul" uchrashuvidan tashqari, Chempionshipda "Kardiff" - "Uotford" va "Plimut" - "Oksford Yunayted" va "Bristol Rovers" - "Bolton" o‘yinlari ham qoldirildi.
Uels futbol assosiasiyasi shanba kuni hech qanday o‘yin bo‘lmasligini ma’lum qildi.
"Met Office tavsiyalaridan so‘ng, Uels futbol assosiasiyasi Uelsda 7 dekabr shanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan barcha futbol o‘yinlari qoldirilganligini tasdiqlashi mumkin", - deyiladi federasiya bayonotida.