Rossiya o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun o‘ziga raqib topdi
Bruney futbol assosiasiyasi Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi mumkinligi haqida gapirdi.
Bruney futbol assosiasiyasi musobaqalar bo‘limi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar hali imzolanmagan, ammo tomonlar bunga yaqin kelishgan.
“Biz sanani kelishib oldik – 15 noyabr. Bizga o‘yin uchun bir nechta stadionlar taklif qilindi - Sankt-Peterburg, Sochi va Nijniy Novgorodda. O‘yin o‘tkaziladigan joy haqida qaror qabul qilganimizdan so‘ng, barcha hujjatlarni imzolaymiz", - deyiladi bayonotda.