"Tottenxem" jazolanishi kutilmoqda
Angliya futbol assosiasiyasi "Tottenxem"ni jazolashi mumkin.
London klubi 29 sentyabr kuni "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi (3:0) Premyer-liga o‘yinida muxlislarni lozim darajada nazorat qilmaganlikda ayblanmoqda. E21 qoidasining ikkita buzilishi aniqlandi.
Klub o‘z muxlislari va tomoshabinlarining tartibli xatti-harakatlarini ta’minlay olmadi, ular nomaqbul haqoratli va beadab so‘zlar yoki harakatlardan foydalandilar.
O‘yinning taxminan 49- va 79-daqiqalarida jinsiy moyillikka ochiq yoki shama qiluvchi iboralar ishlatildi.
"Tottenxem" 13 noyabr chorshanba kunigacha o‘z javobini taqdim etishi kerak," - deya ta’kidlandi Angliya Futbol Assosiasiyasining bayonotida.