Olmoning vaqtinchalik ro‘yxatga olish muddati qachon tugashi ma’lum bo‘ldi
Dani Olmo va Pau Viktor yaqin haftalarda "Barselona"da o‘ynashlari mumkin. Kataloniya klubi Oliy sport kengashiga murojaat qilganidan so‘ng yarim himoyachi va hujumchi mavsumning ikkinchi qismiga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Oliy sport kengashi Olmo va Viktor borasida yakuniy qarorni 7 aprelgacha qabul qilishi kerak. Agar qaror salbiy bo‘lsa, "Barselona" mavsumning asosiy qismini ikki futbolchisiz o‘tkazadi.