"Bornmut" futbolchisi yana eski jarohatiga yo‘liqdi
Enes Unal faoliyatida ikkinchi marta xochsimon paylarini yirtib oldi.
Relevo xabariga ko‘ra, turkiyalik hujumchi "Bornmut" mashg‘ulotlarida jarohat olgan.
Futbolchi yorilish darajasini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tishi kerak bo‘ladi, biroq Unal xoch bog‘lami shikastlanganini allaqachon biladi. U mavsumning qolgan qismi uchun safdan chiqdi.
Futbolchining bunday jarohat olgani birinchi marta emas. 2023-yilda “Xetafe”da o‘ynayotgan Unal xoch bog‘lami yirtilgani sababli 7 oyni o‘tkazib yuborgandi.
Premyer-liganing joriy mavsumida 27 yoshli futbolchi 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.