"MYU" futbolchisi bilan shu hafta shartnomani uzaytiradi
Amad Diallo "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytiradi.
Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 22 yoshli vinger shu hafta yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Bitim ikkala tomon vakillari tomonidan kelishilgan va tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, futbolchining maoshi oshiriladi va u loyihaning asosiy qismi bo‘lib qoladi.
Joriy mavsumda Diallo Premyer-ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.