Portugaliya chempionatida bekor qilinishi kutilgan o‘yin noodatiy usulda saqlab qolindi
Portugaliya chempionatida juda noodatiy epizod yuz berdi.
Bu Portugaliya futboli ikkinchi ligasining 17-turidan o‘rin olgan "Uniau" - "Felguyrush" uchrashuvida yuz berdi.
Yomg‘ir tufayli jamoalar o‘yinni bekor qilishga rozi bo‘lishga yaqin edi, biroq o‘yin baribir bo‘lib o‘tdi.
Buning uchun tashkilotchilar aqlli yo‘l tutishdi va yomg‘irga qaramay, o‘yinni saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan chiziqlar o‘chib ketmasligi uchun ularni sut bilan chizishlariga to‘g‘ri keldi.
Ma’lum bo‘lishicha, yog‘ va sut aralashmasi juda samarali yechim bo‘lib, Portugaliyaning Record nashri ta’kidlaganidek, undan hatto Angliya Premyer-ligasining ba’zi klublari ham foydalanadi.