Fonseka uzoq vaqt ishsiz qolmaydiganga o‘xshaydi
Paulu Fonseka yaqinda "Milan" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi.
Turkiyalik jurnalist Firat Guner, Fonseka Jovanni van Bronkxorstning iste’fosidan so‘ng murabbiy izlayotgan "Beshiktosh"ning e’tiboriga tushganini aytdi. Biroq bu lavozim uchun xorvatiyalik mutaxassis Slaven Bilich ham da’vogar. Shuningdek, da’vogarlar ro‘yxatida Rezvan Luchesku, Niko Kovach, Rojer Shmidt va Vinchenso Montella bor.
Portugaliyalik mutaxassis iyundan dekabrgacha "rossonerilar"ni boshqargan. Fonseka boshchiligida jamoa 24 uchrashuvning 12 tasida g‘alaba qozonishgan.