Amorim ushbu transferning yozgacha amalga oshishini istaydi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "qizil iblislar" rahbariyatidan "Sporting"ning 26 yoshli hujumchisi Viktor Dyokereshni sotib olishni so‘ragan va bu yozgacha amalga oshishi kerakligini ta’kidladi.
Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis yaqin haftalarda hujumchilar Markus Reshford va Joshua Zirkzeeni klubdan qo‘yib yuborishga tayyor.