“Real”ga “Tottenxem” himoyachisi kerak
Madridning “Real” klubi “Tottenxem”ning 23 yoshli markaziy himoyachisi Mikki van de Venga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchida "Los-Blankos" uchun kerakli barcha fazilatlar mavjud.
Shu bilan birga, “Real” “RB Leypsig” himoyachisi Kasello Lyukebaga qiziqishda davom etmoqda.