"Real" "yangi Kazemiro"ni topdi
"Real Madrid" "Atalanta"ning 25 yoshli braziliyalik himoyachi yarim himoyachisi Edersonga qiziqish bildirmoqda, ba’zi Italiya OAVlari uni "yangi Kazemiro" deb atamoqda. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Qirollik klubi" Bergamo klubi futbolchisini uzoq vaqtdan beri kuzatib kelgan va u haqida batafsil hisobotlarga ega. Ta’kidlanishicha, "Atalanta" Edersonni 60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin "Manchester Yunayted" ham braziliyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.
Ederson joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.