Turkiya terma jamoasi 2025 yilda Rossiya bilan o‘ynaydimi?
Turkiya futbol federasiyasida Rossiya terma jamoasi bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘yin haqida fikr bildirildi.
"Rossiya sport vazirining so‘zlarini ko‘rdik, ammo ayni paytda bizning futbol federasiyalarimiz o‘rtasida aloqa yo‘q. Ehtimol, muzokaralar sport vazirliklari va boshqa yuqori organlar darajasida ketayotgandir. Shuning uchun hozircha bunday ma’lumotlarga izoh berolmaymiz.
O‘yin mart oyida bo‘lishi mumkinmi? Bizda 2025 yil iyun oyida ikkita bo‘sh kun bor," - dedi Turkiya futbol federasiyasi matbuot kotibi Turker Tozar.