Rossiya terma jamoasi Turkiya bilan o‘yin o‘tkazishi mumkin
Rossiya terma jamoasi Turkiya termasi bilan 2025 yilda o‘ynashi mumkin.
Bu haqda Rossiya Federasiyasi sport vaziri Mixail Degtyarev aytib o‘tdi. "Men hozirgina Istanbulda edim.
Turkiya terma jamoasi biz bilan o‘ynashga qiziqdi, hatto Turkiya Respublikasi elchisi ham bu mavzuda takliflar berdi. Biz bu mavzu ustida ishlayapmiz", - dedi Degtyarev.