APLning ehtimoliy favoritlari taxmin qilinmoqda
Superkompyuter shuni ko‘rsatdiki, "Liverpul" Premyer-liganing asosiy favoriti bo‘lib qolmoqda.
Arne Slot jamoasi 17 o‘yindan keyin 42 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rindagi “Arsenal”dan 6 ochko oldinda bormoqda.
Superkompyuter hisob-kitobiga ko‘ra, "qizillar"ning Angliya chempioni bo‘lish ehtimoli 87,8%. "Arsenal"ning imkoniyatlari 10,7%, "Chelsi" - 1,3%, "Manchester Siti" - 0,2% deb baholanmoqda.