«PSJ» himoyachisini saqlab qolmoqchi
Fransiyaning «PSJ» klubi himoyachi Nunu Mendeshni saqlab qolmoqchi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, parijliklar 22 yoshli futbolchi bilan shartnomani tezroq uzaytirmoqchi va buning uchun zarur bo‘lgan hamma narsani tayyorlab qo‘ygan.
Biroq qayd etilishicha, portugaliyalik shartnoma imzolashga shoshilmayapti, chunki so‘nggi paytlarda unga top-klublardan ko‘plab takliflar tushmoqda.