"MYU" futbolchisi APL navbatdagi turini o‘tkazib yuboradi
Manuel Ugarte Premyer-liga mavsumidagi beshinchi sariq kartochkasini oldi.
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi APLning 18-turi doirasida "Vulverxempton"ga (0:2) qarshi o‘yinning 54-daqiqasida vaqtni cho‘zgani uchun jazolandi.
Bundan bir necha daqiqa oldin, o‘yinning 47-daqiqasida Brunu Fernandesh ikkinchi sariq kartochka oldi va "Yunayted" o‘n kishi bo‘lib qolgandi.
Ugarte kartalar to‘planib qolgani uchun Premyer-liganing navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. 30 dekabr kuni mankunianliklar "Nyukasl"ga qarshi bahs olib borishadi.