Ronalduni Messidan yaxshi degan argentinalik sobiq darvozabon endi Maradonaning Leodan ustun tomonini aytdi
Afsonaviy argentinalik sobiq darvozabon Ugo Orlando Gatti ikki mashhur vatandoshini - sobiq futbolchi Diyego Maradonani va "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messini taqqosladi. Gatti sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi Maradonadan nimasi bilan orqada qolishini tushuntirdi.
"Maradonga kaltak yegan bo‘lsa ham yiqilib, yana o‘rnidan turardi. Agar Messiga qo‘l tekkizilsa, u maydonda qoladi," - deya Gatti so‘zlarini keltiradi «La Nacion» nashri.
Avvalroq Gatti nima uchun Lionel Messini Krishtianu Ronalduga qaraganda yomonroq deb hisoblashi haqida ham gapirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, argentinalik portugaliyalikdan farqli o‘laroq, jiddiy chaqiruvlarni qabul qilishdan qo‘rqardi.