Nesta iste’foga chiqarildi
"Monsa" Alessandro Nestani iste’foga chiqardi va uning o‘rniga Salvatore Bokketti kelishi mumkin.
Klub milanliklarning sobiq himoyachisi bosh murabbiylikdan chetlatilishini rasman e’lon qildi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Nesta o‘rniga Salvatore Bokketti kelishi mumkin. 2022 yilda italiyalik mutaxassis "Verona"ga vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lgandi.
"Monsa" A Seriyada 17 turdan keyin 10 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda.