"Barsa" Levandovskidan xavotirga tushib qoldi
"Barselona"da hujumchi Robert Levandovskining samaradorligini yo‘qotib qo‘yganidan xavotirlar bor.
"Sport.es" xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 36 yoshli futbolchiga ishonishadi va shartnomani yana bir mavsumga uzaytirmoqchi. Klub yaqin orada forvard o‘z o‘yinini yaxshilashiga umid qilmoqda, aks holda tomonlar o‘rtasida kelajak borasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Robert Levandovski joriy mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlar doirasida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.