Olise nima uchun Angliyani emas Fransiyani tanlagan?
"Bavariya" vingeri Maykl Olise terma jamoani tanlash haqida gapirdi.
23 yoshli futbolchi Londonda tug‘ilgan va Myunxenga ko‘chib o‘tgunga qadar butun faoliyati davomida ingliz klublarida o‘ynagan. Sentyabr oyida Olise asosiy Fransiya terma jamoasida debyut qildi.
"Bu tabiiy qaror edi. Men har doim Fransiya terma jamoasida o‘ynashni xohlayotganimni his qilganman. Qolaversa, “Kristal Pelas”da Fransiyada ko‘p yutuqlarga erishgan Patrik Viyeyra bilan ishlaganman, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Tyerri Anri bilan ham yaxshi munosabatda bo‘lganman", - dedi Olise.