Yilning eng yaxshi darvozabonlari reytingi (top-10)
IFFHS tashkiloti Emiliano Martinesni yilning eng yaxshi darvozaboni deb topdi.
"Aston Villa"da to‘p tepayotgan argentinalik futbolchi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi tomonidan tuzilgan ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.
2024 yilning eng yaxshi o‘nta darvozaboni qatoriga quyidagilar kirdi:
1. Emiliano Martines («Aston Villa») – 167 ochko.
2. Unai Simon («Atletik») – 91 ochko.
3. Georgiy Mamardashvili («Valensiya») – 55 ochko.
4. Mayk Menyan («Milan») – 52 ochko.
5. Tibo Kurtua («Real») – 28 ochko.
6-7. Yan Zommer («Inter») – 25 ochko.
6-7. Andrey Lunin («Real») – 25 ochko.
8. Djanluidji Donnarumma («PSJ») – 23 ochko.
9. David Rayya («Arsenal») – 21 ochko.
10. Gregor Kobel («Borussiya») – 17 ochko.