"Bavariya" vingeri: "Klub ruhiga yanada singib ketdim"
"Bavariya" vingeri Maykl Olise mavsumning birinchi yarmi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fransiyalik futbolchi Myunxen klubiga iyul oyida Angliyaning “Kristal Pelas” klubidan o‘tgan edi.
"Bavariya" meni sotib olmoqchi ekanini bilganimda juda xursand bo‘ldim. Endi men klub ruhiga yanada singib ketdim.
"Bavariya" ajoyib mentalitetga ega - har doim g‘alaba qozonishi kerak. "Kristal Pelas"da biz ko‘pincha kamtar edik.
Bosim juda yuqori, shuning uchun biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz. Lekin bu menga yoqadi va shunday sharoitda o‘zimni yanada yaxshi ko‘rsata olaman deb o‘ylayman", - dedi Olise.