«Bavariya» vingeri UYEFA tomonidan jazolanishi mumkin
Seshanba kuni «Bavariya» Chempionlar ligasining beshinchi turida «PSJ» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, muxlislarini xursand qildi. O‘yin davomida myunxenliklar vingeri Maykl Olise zaxiradan maydonga tushdi.
Olise almashtirishdan oldin oyoq uchun himoya qalqonlarni kiymadi va to‘rtinchi hakam «Bavariya» futbolchisidan o‘zini tartibga solishni so‘radi. Shundan so‘ng Maykl qalqonlarni kiydi, ammo maydonga chiqish oldidan ularni uloqtirib yubordi. «IFAB» qoidalariga ko‘ra, maydondagi barcha 22 nafar futbolchi qalqonlar bilan o‘ynashi shart. Ushbu qoidani buzganlik uchun Olise UEFA tomonidan jazolanishi mumkin, deb yozmoqda «Goal» portali.
Ta’kidlash joizki, zamonaviy oyoq qalqonlar kichik bo‘lib, ehtimol o‘yinchilarni yaxshi himoya qilmasligi mumkin. Shu bilan birga, «IFAB» himoya elementlarining o‘lchamlarini belgilamaydi.