Gvardiola Xolandning o‘zini-o‘zi tanqid qilganiga munosabat bildirdi
Pep Gvardiola Erling Xolandning o‘zini-o‘zi tanqid qiluvchi fikrlari haqida gapirdi.
"Aston Villa"dan 2:1 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, "Man Siti" hujumchisi: "Men yetarlicha yaxshi emasman va yaxshiroq bo‘lishim kerak", dedi.
"Men uning fikriga qo‘shilmayman. U bo‘lmaganida biz bundan ham yomonroq ahvolga tushib qolgan bo‘lardik, lekin menga futbolchilarning bunday fikrlashlari yoqadi. Bu biz yaxshiroq bo‘lishning yagona yo‘li...
Men Erlingning fikriga qo‘shilmayman, chunki biz harakat qildik, lekin u to‘plarni kerakli joylarda va to‘g‘ri pozisiyalarda olishi kerak.
Endi tiklanamiz va keyingi o‘yinda kurashni davom ettiramiz..." - dedi "Man Siti" bosh murabbiyi.