Luis Enrike Donnarummaning ahvoli haqida ma’lumot berdi
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa darvozaboni Janluiji Donnarummaning ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 16-turi doirasidagi o‘yinda italiyalik futbolchining yuziga butsilar bilan zarba berilgandi, shu sabab u uchrashuvni davom ettira olmadi. Donnarummaning tiklanishi ikki hafta davom etishi xabar qilingandi.
«Yaxshi, hozir u og‘riq sezmayapti. Baxtimizga zarba ko‘ziga tegmadi. Hamma hammasini ko‘rdi, bu yerda izoh beradigan hech narsa yo‘q», - deya Enrikening so‘zlarini keltiradi «RMC Sport».