Mbappe «PSJ»ni bir shart bilan qattiq qo‘rqitadi
Kilian Mbappening «PSJ»dan 55,4 million yevro olish bo‘yicha ishlari davom etadi.
Mbappe «Real»ga ketganidan so‘ng bu summadan so‘zsiz voz kechgan.
Spanish Sport xabariga ko‘ra, Mbappe o‘z advokatlaridan biri orqali "PSJ"ni UEFA lisenziyasidan mahrum qilish va natijada barcha yevrokubok turnirlaridan chetlashtirish bilan tahdid qilgan. Futbolchining advokati Delfin Verxeyden L’Equipe nashrini mijozi pulni olguncha to‘xtatmasligiga ishontirdi.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, ish barcha futbolchilarning manfaatlariga daxldor bo‘lgani uchun muhim.
Agar «PSJ» Mbappe bilan hisob-kitob qilmasa, bu xavfli presedent bo‘lib, klublar o‘z shartnoma shartlarini bajarmaslik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.